Maktab emas shoh saroyi - milliarder o‘zi o‘qigan maktabni remont qilib berdi

Obuna bo‘lish
Milliarder Aleksandr Simanovskiy o‘zi o‘qigan maktabni haqiqiy shoh qasriga aylantirdi.

Yekaterinburglik milliarder Aleksandr Simanovskiy o‘zi o‘qigan maktabni haqiqiy shoh qasriga aylantirdi.

Yangi o‘quv yilida Yekaterinburgdagi 106 maktabga kelgan o‘qituvchilar va bolalar hayratda qolishdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi: polda marmar tosh, devorlarda oltin suvi yuritilgan bezaklar, shipda ulkan va qimmatbaho qandillar. Xullas maktab emas Parijdagi Luvr saroyi yoki Sankt-Peterburgdagi Ermitajning filiali.

"O‘z ishini sevgan kishi uni sa’atga aylantiradi", - deb yozilgan maktab devorlarida.  

Simanovskiyning o‘zi aytishiga qarganda u maktabda o‘qib yurgan vaqtlarida aynan shunday bino haqida orzu qilgan. Internetda ayrim blogerlar buni “lo‘lilar saroyi” deb atagan bo‘lsada, mahalliy hukumat, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning ota-onalari  milliarderga minnatdorlik bildirishmoqda.  

Yangiliklar lentasi
0