16:26 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Bugun Gruziya parlamenti yangi Hukumat tarkibini tasdiqlashi kerak. Ushbu munosabat bilan Tbilisida koʻp soni namoyishlar boʻlib oʻtmoqda.

“Gruziya patriotlari alyansi” nomli muxolifat partiya deputati Emzar Kvitsiani namoyishga chiqqan fuqarolar bilan janjallashib qoldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Gruziya.

Voqea keskin tus ola boshlaganida politsiya aralashib, deputatni oʻz mashinasida namoyishchilar oldidan olib ketadi.

Aytish joizki, soʻnggi bir necha kun davomida Gruziya siyosiy hayotida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda. Xususan, bugundan boshlab, Gruziya parlamenti yangi Hukumat tarkibini tasdiqlashi kerak.

Unga koʻra, bosh vazir etib sobiq ichkish ishlar vaziri Georgiy Gaxari tayinlanadi, uning oʻrniga esa sobiq DXXsi raisi Vaxtang Gomelauri egallashi kerak. Mudofaa vaziri etib esa, bugun “Gruziya orzusi” partiyasiga yetakchilik qilayotgan Irakliy Garibashvili tayinlanishi rejalashtirilgan.

Yana video

Asosiy mavzular