Moskvada hamkasblar Kirill Vishinskiyni qanday kutib olishdi

Obuna bo‘lish
“RIA Novosti Ukraina” rahbari Kirill Vishinskiy 16 oylik qamoqdan so‘ng tilxat asosida ozod etildi.

7 sentabr kuni Ukraina va Rossiya o‘rtasida mahbuslarni almashish tadbiri o‘tkazildi. Buning natijasida har bir tomondan 35 kishi vataniga qaytdi. Kiyevdan maxsus bort bilan jurnalist Kirill Vishinskiy ham keldi.

Bugun 9-sentabr kuni “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligida jurnalist Kirill Vishinskiyning matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbir boshlanishidan oldin jurnalistning hamkasblari kutib oldi.

Hamkasblar Kirill ozod bo‘lgandan so‘ng, aytgan eng yorqin iborasi: “jurnalist qamoqda qolmasligi kerak” deb yozilgan futbolkani sovg‘a qilishdi.

“Meni kutganingiz uchun rahmat”, - deb minnatdorlik izhor etdi Vishinskiy.

Yangiliklar lentasi
0