02:31 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
© Ruptly .

Yetti nafar sportchilar Moskva-Citida qurilgan ikki ulkan osmonoʻpar binolar orasida 350 metr balandlikda tortilgan tros ustidan yurib oʻtib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Moskvada Haylayn – balandlikda tortilgan tros ustida yurish boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi.

Sportchilar Moskva-Sitining ikkita eng baland osmonoʻpar binolari OKO va Neva Tauyers  orasidagi 214 metr masofani yerdan 350 metr balandlikda tortilgan tros ustidan yurib oʻtishdi.

Masofani eng birinchi boʻlib germaniyalik ekstremal sportchi Fridi Kyune bosib oʻtdi va ning natijasi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Shundan soʻng yana 6 nafar sportchi ushbu masofani bosib oʻtishdi. Ularning nomlari ham Ginnes kitobiga kiritiladi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili ham Moskva-Sitidagi ushbu binolar orasida Haylayn boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtgan edi, lekin unda tros 100 metr pastda tortilgan edi.

Keyinroq Kyune oʻz instagramida quyidagi videoni joylashtirdi. 

Yana video

Asosiy mavzular