15:06 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Ministerstvo oboronы Uzbekistana

Orenburgda boʻlib oʻtayotgan "Markaz – 2019" oʻquv-mashgʻulotlarida Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Pokiston, Hindiston, Xitoy va Qirgʻizistondan harbiy jamoalar ishtirok etmoqda.

Kecha, 15 sentyabr kuni Rossiyaning Orenburgda viloyatida joylashgan “Donguz” poligonida “Markaz – 2019” harbiy strategik qoʻmondonlik-shtab oʻquvlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi. 

Unda Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirining oʻrinbosari general-leytenant Yunus-Bek Yevkurov, Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin, Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari va oʻquv mashqlarida ishtirok etayotgan xorijiy harbiy kontingent vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

“Oʻquv mashqlarining asosiy maqsadlaridan biri – harbiy hamkorlikni yanada kuchaytirishdir. Shuningdek, har qanday tahdidlarga, shu jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi turishga tayyor ekanligimizni yana bir bor namoyish etish. Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni taʼminlash bugungi kunning dolzarb vazifadir. Shubhasiz, ushbu oʻquv mashqlari mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik rivojiga ham oʻz hissasini qoʻshadi”, – dedi general-leytenant Yunus-Bek Yevkurov.

Shundan soʻng xorijiy harbiy kontingentlar rahbarlari soʻzga chiqishdi. Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari polkovnik Habibullo Abbasov oʻz nutqida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati nomidan bunday samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va ushbu tadbirning muhimligi haqida toʻxtalib oʻtdi.

Tantanali tabrik qismi tugagach, ketma-ketlik bilan Rossiya Markaziy harbiy okrugi qoʻshinlari, soʻngra Hindiston, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Pokiston harbiylari tribuna oldidan tantanali marsh bilan oʻtishdi.

Yana video

Asosiy mavzular