Buxorolik ota-bola ixtiro qilgan tejamkor traktor qanday ko‘rinishga ega – video

Obuna bo‘lish
Buxoroning Jondor tumanida joylashgan qishloqlardan birida yashovchi ota-bola ustalar noyob traktor yasashga muvaffaq bo‘lishdi. Endilikda ular Alisher Usmonov ixtirochilarini qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirishmoqda.

Ustalar aytishiga qaraganda yangi traktor ham tejamkor ham arzon chiqqan. U metan gaz va dizel yonilg‘isi aralashmasida ishlaydi. Bir gektar yerga ishlov berish uchun yangi traktorga 5 litr dizel yonilg‘isi va 20 kub gaz kerak bo‘ladi.

Ustalar o‘z ixtirolarini O‘zbekistondagi intellektual mulk agentligida ro‘yxatdan o‘tkazishgan va yaqin orada patent olishni rejalashtirishmoqda. Shu bilan birga ustalar turli biznes-forumlarda ishtirok etishmoqda.

“Besh yuzga yaqin fermerlar bizdan ushbu traktorlarni sotib olishga tayyor. Investitsiyalar bo‘lganda allaqachon ishga kirishgan bo‘lardik. Bir kun Toshkent Traktor zavodi vakili ham kelgandi. Uning aytishiga qaraganda bunday traktor ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish liniyasi qurish kerak. TTZ esa faqat jamlash bilan shug‘ullanarkan”, - deydi Qorog‘diyev.

“Men Alisher Usmonov innovatsion g‘oyali yosh ixtirochilarni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi haqida eshitgan edim. Menimcha, bu aynan shunday loyiha bo‘lishi mumkin. U kishi bizni eshitib g‘oyalarimizni amalga oshirishga yordam beradi deb umid qilaman”, - deya fikrlari bilan o‘rtoqlashadi Shuhrat Suvonov.

Yangiliklar lentasi
0