23:51 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

“Gʻurumsaroy” poligonida Oʻzbekiston va Tojikiston harbiy boʻlinmalari shartli ravishda janubiy sarhadlarga suqilib kirgan terrorchi guruhlarga qarshi hamkorlikdagi oʻquv mashgʻulotlarini ham oʻtkaziladi.

“Gʻurumsaroy” poligonida “Markaz – 2019” xalqaro harbiy oʻquv mashgʻulotlariga start berildi

16 sentyabr kuni tojikistonlik harbiylarni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

17 sentyabr kuni “Gʻurumsaroy” dala-oʻquv maydonida Oʻzbekiston va Tojikiston harbiylari ishtirokidagi strategik qoʻmondonlik shtab mashgʻulotlari doirasidan oʻrin olgan “Markaz – 2019” oʻquviga start berildi.

Madhiyalar sadolari ostida ikki davlat bayroqlari baland koʻtarilib, maydonga oʻzbekistonlik va tojikistonlik harbiy xizmatchilar saf tortishdi.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari, Qurolli kuchlar bosh shtabi boshligʻi general-mayor Pavel Ergashev ushbu oʻquv mashgʻulotlari ikki davlat oʻrtasidagi harbiy munosabatlarning mustahkamlanishiga hamda jangavor tayyorgarlikni oshirishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladi

Tojikiston Respublikasi Quruqlikdagi qoʻshinlar qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari general-mayor Ixtiyor Oxunzoda Neʼmatullo ham “Gʻurumsaroy” poligonida tashkillashtirilayotgan “Markaz – 2019” oʻquv-mashgʻulotlarining Oʻzbekiston va Tojikiston harbiylarining hamkorligida tashlangan navbatdagi qadam boʻlishini aytib, tadbir tashkilotchilariga doʻstona kutib olish tadbirlari uchun oʻz minnatdorchiligi bildirdi.

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻquv-mashgʻulotlarini rasman ochiq deb eʼlon qildi va ikki davlat harbiylari orkestr sadolari ostida shaxdam qadamlar bilan tantanali safdan oʻtishdi.

Eslatib oʻtamiz, “Markaz – 2019” oʻquv mashgʻuloti doirasida Rossiyada boʻlib oʻtadigan amaliy harakatlar bilan bir vaqtda Namangan viloyatida joylashgan “Gʻurumsaroy” poligonida Oʻzbekiston va Tojikiston harbiy boʻlinmalari tomonidan shartli ravishda janubiy sarhadlarga suqilib kirgan terrorchi guruhlarga qarshi hamkorlikdagi oʻquv mashgʻulotlari ham oʻtkaziladi.

 

Yana video

Asosiy mavzular