21:27 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
RUTPLY

Kecha “Islom davlati” terrorchilik uyushmasining 19 yoshli aʼzosi maxfiy joydan juda kuchli portlash qurilmasini olishga urinayotgan paytda qoʻlga olindi.

Avvalroq Dogʻistonda Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati xodimlari respublika hududida terakt hujumini uyushtirmoqchi boʻlgan “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi aʼzosini qoʻlga olgani haqida xabar bergan edik.

FXX xizmati 2000 yilda tugʻilgan jangarining qoʻlga olish amaliyoti tasvirga olingan videoni namoyish etdi.

Oʻzi olib ketayotgan paketda nima borligi bilish yoki bilmasligi haqida savolga u portlovchi modda bor deb javob qaytargan. Uning soʻzlariga koʻra, nima qilish kerakligi unga Suriyadan turib yozib turishgan.

Aniqlik kiritilishicha, terrorchi huquqni muhofaza qilish organlari va mahalliy hokimiyat xodimlariga nisbatan teraktni amalga oshirishni rejalashtirgan.

*Rossiyada taqiqlangan tashkilot

Yana video

Asosiy mavzular