21:00 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Jahon chempionatida yetakchilikni qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik bokschilarni Toshkent aeroportida yuzlab muxlislar taniqli xonandalar kutibolindi.

Jahon chempionatida 5ta medal sohibi boʻlib, umumjamoa hisobida yetakchilikni qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik bokschilarni Toshkent aeroportida yuzlab muxlislar, karnay-surnay bilan kutib olindi. 

Undan tashqari bokschilarni kutib olish marosimida Oʻzbekiston Boks federatsiyasi raisi Achilbay Ramatov, taniqli xonandalar, sport muassasalari xodimlari ham ishtirok etishdi. 

Bokschilar ham ularga qartilgan diqqat eʼtibor uchun minnatdorlik bildirib kelasi yil Tokioda boʻlishi kutilayotgan Olimpiadada ham yuksak natijalarga erishishni vaʼda berishdi. 

Eslatib oʻtamiz, 9-21 sentyabr kunlari Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 8 nafar oʻzbekistonlik bokschilar ishtirok etib, 3ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medallar sohibi boʻlishgan edi. 

Yana video

Asosiy mavzular