21:36 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Qirgʻizistondagi Safarovka qishlogʻida Putinga ikki tomchi suvdek oʻxshash kishi hayot kechirmoqda. Qishloqdoshlari uni Putin aka deb atashadi, chunki uning haqiqiy ismini allaqachon unutib yuborishgan.

Jalolobod viloyati Suzak tumanidagi Safarovka qishlogʻida Putinga oʻxshash boʻlgan 34 yoshli Medetbek Abjaparov erkak istiqomat qiladi. Oʻzi traktorchi va dehqonlardan yordamini ayamaydi. Uning aytishicha, sisyosatga qiziqmaydi, lekin Rossiya yetakchisi u uchun namuna hisoblanadi va undan oʻrnak olishni istaydi.

“Yettinchi sinfda oʻqib yurgan kezlarimda Rossiya rahbariga oʻxshashligimni payqashgan. Doʻstlarim hazillashib mening tan soqchim sifatida yonimda yurishardi”, - deya eslaydi qahramonimiz Sputnik Qirgʻizistonga bergan intervyusida.

“Putinni koʻrib qolsam, unga u singari boʻlmoqchi ekanimni aytaman”, - deydi Abjaparov

“Qirgʻizistonlik Putin” bir necha yil Rossiyada mehnat qilgan. Rossiyaliklar ham uning prezidenta oʻxshashligiga eʼtibor qaratishgan. Unga Qizil maydonda Putin qiyofadoshi sifatida ishlashni maslahat berganlar ham topilgan.

Vladimir Putinning qirgʻizistonlik qiyofadoshi qanday hayot kechirayotganini Sputnik lavhasida tomosha qiling.

Yana video

Asosiy mavzular