21:49 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Mahalliy aholi koʻl haqida koʻp qaygʻuradi va begonalarga u haqida soʻzlab berishni xush koʻrmaydi. Ular sayyohar oqimi koʻlga jiddiy zarar yetkazishi mumkin deb hisoblashadi.

Kobeztuz shoʻr koʻli choʻl oʻrtasida joylashgan. U unchalik chuqur emas, uning suvi esa shifobaxsh sanaladi.

Koʻl ob-havo va kunning vaqtiga qarab oʻz rangini oʻzgartirib turadi. U taxminan 10 yil bir marta pushti rangga kiradi. Bunday rangni yozning jazirama kunlarida kuzatish mumkin.

Kobeytuz rangini oʻzgartirib turishiga shoʻr suvda yashaydigan dunaliyella planktoni sababchidir. Sovuq tushishi bilan pushti rang oʻzini rangini yoʻqotib, oʻz holiga qaytadi.

Mahalliy aholi koʻl haqida koʻp qaygʻuradi va begonalarga u haqida soʻzlab berishni xush koʻrmaydi. Ular sayyohar oqimi koʻlga jiddiy zarar yetkazishi mumkin deb hisoblashadi. Shuning uchun ulardan uning atrofiga chiqindi tashlamaslikni va tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʻlishni soʻradi.

Qayd etish joizki, sayyoramizda pushti koʻl barmoq bilan sanarli. Avstraliyadagi Hiller koʻli, Senegaldagi Retba koʻli va Ispaniyadagi Torrevexa shoʻr koʻli shular jumlasidandir.

Sputnik Oʻzbekiston lavhasida tabiatning moʻʼjizasi boʻlmish koʻlni tomosha qilishingiz mumkin.

Yana video

Asosiy mavzular