22:02 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Sovet Federatsii

Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqqa qoʻshilishi mumkin. Bu masala xususida Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko izoh berdi.

Rossiya parlamenti Yuqori palatasi rahbarining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishi ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy aloqalariga yangi turtki beradi va respublika iqtisodiyotiga zamonaviy chaqiriqlarga samarali qarshi turish imkonini beradi.

Valentina Matviyenko Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston parlamenti aʼzolari, oʻz navbatida, “yevroosiyo oilasi”ga qoʻshilish uzoq vaqtga choʻzilmasligi uchun bu jarayonga oʻz hissalarini qoʻshishlari kerakligini taʼkidladi.

Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi nutqidan lavhani Sputnik Oʻzbekiston videosida tomosha qilishingiz mumkin.

Yana video

Asosiy mavzular