07:26 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Rossiya Federatsiyasi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar natijalari haqida soʻzladi. Uchrashuvda respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilishi ehtimoli masalasi va shartlari muhokama etilgan.

Rossiya parlamenti Yuqori palatasi spikeri soʻzlariga koʻra, Toshkentning ushbu integrallashuv jarayonga qiziqishi bor, ammo bu kabi muhim qadam juda sinchkov tahlilni talab etadi.

"Prezident bilan bu murakkab mavzuga bir necha marotaba qaytdik. Shavkat Mirziyoyev yaxshi iqtisodchi iqtisodchi sifatida hozirgi savdo-iqtisodiy sharoitlarda integratsiyasiz yashash mumkin emasligini yaqqol tushunadi, biroq yakuniy qarorni qabul qilish uchun turli sohalar, mehnat bozorida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy xatarlar va salbiy oqibatlarni tahlil qilib chiqish lozim. Hozirda Rossiya tomonidan bosh vazir oʻrinbosari Anton Siluanov rahbarligida Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishi uchun imkon qadar optimal shart-sharoitlarni yaratish ustida ish olib borayotgan ikki tomonlama guruh faoliyat olib borayapti. Fikrimcha, yil yakuniga qadar tahliliy ishlar oʻz yakuniga yetadi", - deb qayd etdi Valentina Matviyenko Sputnik Oʻzbekiston muxbiri savoliga javob berar ekan.

Shu bilan birga, u har qanday holatda ham soʻnggi qarorni Toshkent qabul qilishini taʼkidlab oʻtdi.

Bundan tashqari, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ishtirokchilari sonini kengaytirish masalasi unga aʼzo barcha davlatlar tomonidan, alohida tarmoqlarda mavjud raqobat tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan murakkabliklarni hisobga olgan holda hal etiladi.

"YEOII — bu shunchaki imzo chekish orqali integratsiya ittifoqiga qoʻshilish degani emas. Hammasini obdon chamalab, hisoblab chiqish lozim — bu ongli yondashuv va biz uni tushunamiz va toʻlaligicha qoʻllab-quvvatlaymiz", - deb xotima qildi RF FK raisi.

Valentina Matviyenkoning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi 3 oktyabrga qadar davom etadi.

Yana video

Asosiy mavzular