21:25 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Press-slujba Soveta Federatsii RF

Rossiya parlamentining yuqori palatasi rahbari 1-3 oktyabr kunlari rasmiy tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻldi.

Tashrif chogʻida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Oliy Majlis Senat va Qonunchilik palatasidagi hamkasblari, mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Shuningdek, kuni kecha siyosatchi Buxoroga keldi.

Valentina Matviyenko uchun Markaziy Osiyoning eng qoʻhna shaharlardan biri – Buxoro boʻylab eksursiya uyushtirildi.

Valentina Matviyenko Kogon tumanida joylashgan Bahouddin Naqshband majmuasi, Buxoro shahrining meʼmoriy obidalari va boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

Valentina Matviyenkoning Oʻzbekistonga tashrifi qanday oʻtgani Sputnik videosida tomosha qilishingiz mumkin.

Yana video

Asosiy mavzular