13:56 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi futbolchisi Jasur Jasur Jaloliddinovning “shedevr” goli jamoaga gʻalaba olib keldi.

Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-19) Tailand jamoasi ustidan gʻalaba qozondi. Ushbu oʻyinning qoʻshimcha vaqtida Jasur Jaloliddinov tomonidan urilgan “shedevr” gol jamoaga gʻalaba olib keldi. Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi xabariga asosan.

Eslatib oʻtamiz, terma jamoaning yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov “Bunyodkor” jamoasi aʼzosidir. The Guardian yozishiga koʻra, 2002 yilda tugʻilgan Jaloliddinov 2002 yilda tugʻilgan futbolchilar orasida dunyoda eng istiqbolli  oʻyinchilardan biridir.

Ushbu mavsumda Jasur 19ta oʻyin oʻtkazib ularda 2ta gol urgan. Britaniya nashri xabarida aytilishiga koʻra, unda taktik oʻyin va uzoq masofaga toʻp uzatish qobiliyatlari kuchli.

Guardian Jaloliddinovni  "Barselona"ning  Anssumane Fati,  "Inter"ning Lyusyen Agum,  "PSJ"ning Adil Aushish va Nyanzu Kuassi,  "Bavariya"ning Malik Tillman,  "Real Madrid"ning Andri Lukas Gudonsen va "Yuventus"ning Pablo Moreno kabi oʻyinchilari qatoriga qoʻshgan.

Yana video

Asosiy mavzular