07:21 13 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

"Toshkent Siti" majmuasida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Mirziyoyev oʻz nutыi avvalida, dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili oʻzbek xalqi uchun milliy oʻzlik va mustaqil davlatchiligi timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyat ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

"Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin", - dedi prezident.

 

 

Oʻzbekiston rahbari davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida bugun mamlakatda yana bir muhim qadam qoʻyilganini eʼlon qildi.

"Men bugun "Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmonga imzo chekdim. Unga binoan "Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy oʻrni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, 21 oktyabr sanasi yurtimizda "Oʻzbek tili bayrami kuni" deb belgilandi", - deya eʼlon qildi prezident.

Yana video

Asosiy mavzular