07:22 13 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
© Ruptly .

Moscow Fashion Week doirasida Moskva metropoliteni bekatlarida modalar namoyishi, koʻrgazmalar va flesh-moblar boʻlib oʻtdi.

Moskvada boʻlib oʻtayotgan Moscow Fashion Week - modalar haftasi doirasida metroning yangi bekatlaridan birining ichida modalar namoyishi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Namoyish 22 oktyabr knui boʻlib oʻtdi. "Delovoy tsentr" bekatida maxsus taklif qilingan mehmonlar va jurnalistlar uchun yopiq moda namoyishi boʻlib oʻtdi. Unda "Sektsiya" nomli modalar uyi dizaynerlari oʻz ijod namunalarini koʻrsatishdi. Ushbu kollektsiya yirik megapolisda yashayotgan fuqarolar uchun moʻljallangan. 

Tomoshabinlarga 60dan ortiq libos modellari namoyish etildi. Pianinochi va bastakor Kirill Rixter, bloger Vasiliy Akkerman va xonanda Polina Favorskayalar namoyish mehmoni boʻlishdi.

Moskva metropolitenining yangi xizmatlar boʻyicha boshliq oʻrinbosari Yuliya Temnikova aytishiga qaraganda, metro bekatlari mutlaq yangi kontseptsiyali fashion-makoni  boʻlishi mumkin.

Moda haftaligi davomida "Vorobyevы gorы" bekatida taniqli kuturyelar ishlari koʻrgazmasi, "Ploщadi revolyutsii" bekatida esa professioanl modellar ishtirokida flesh-mob boʻlib oʻtdi.

 

Yana video

Asosiy mavzular