22:15 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Oʻzbek dzyudo afsonasi, ikki karra jahon chempioni Rishod Sobirov murabbiylik faoliyati va kelajakdagi rejalari haqida aytib berdi.

Sputnik muxbiri dzyudo boʻyicha murabbiy Rishod Sobirov bilan uchrashib, u bilan suhbatlashdi.

Rishod Sobirov dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston sharafini xalqaro arenalarda munosib himoya qilgan. U xalqaro miqyosdagi turli musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan: ikki karra jahon chempioni, uch karra Olimpiya oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Sobirov erishgan yutuqlari, murabbiylik faoliyati va kelajakdagi rejalari haqida soʻzlab berdi.  

“Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Milliy gvardiya qoshidagi “Dinamo”da Rishod Sobirov nomidagi dzyudo klubini ochib berishdi. Hozirda bu klubda murabbiy boʻlib ishlayapman. Albatta bu mening ikkinchi uyim, hayotim, chunki dzyudo sporti meni koʻp narsa oʻrgatdi, doʻstlar ortirdim. Dzyudo bilan shugʻullangan insonlar, uylayman, oilaviy yaqin boʻlib ketadi, bu mening ikkinchi uyim, vatanim”, - deb taʼkidladi murabbiy.  

Sobirovning soʻzlariga koʻra, uch yildan beri murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanib kelmoqda.

Yana video

Asosiy mavzular