23:12 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
© Sputnik /

Sputnik Belarus muxbirlari Minsk shahrida joylashgan bombobubejiщeda boʻlib uning ichini videoga olishgan. 

Maʼlumki, Ikkinchi jahon urushi vaqtida SSSRning gʻarbiy qismi nemis aviatsiyasi tomonidan faol bombardimon qilingan. Ushbu tajribaan kelib chiqib, hamda AQSH bilan boʻlayotgan sovuq urush yadroviy mojaro bilan tugashi muqarrarligiga ishongan holda, SSSR rahbariyati yirik shaharlarda bombalardan qutilish maxsus inshootlarini qurgan.

Ushbu inshootlar hatto atom bombasining zarbasiga dosh bera oladigan boʻlishi kerak edi. Undan tashqari bomboubejiщe ichida bir necha kunlik suv va oziq-ovqat zahiralari, markaz bilan bogʻlanish uchun aloqa vositalari boʻlishi kerak edi. 

Odatda bunday inshootlar maxfiy hisoblanadi va hech kim ular qayerda joylashganini bilmaydi. Uning yer ustki qismi uchburchak shalida boʻlib, unda faqatgina bir eshik bor xolos. 

Sputnik Belarus muxbirlari Minsk shahrida joylashgan ana shunday bombadan yashirinish joylaridan birida boʻlib uning ichini videoga olishdi. 

Darvoqe, agar siz yashayotan shaharda metropoliten boʻlsa, uning bekatlari ham bombadan qochish joyi sifatida ishlatilishi mumkin. 

 

Yana video

Asosiy mavzular