Kirkorov kutilmaganda Yulduz Usmonova konsertiga tashrif buyurdi – video

Obuna bo‘lish
Rossiya estradasi qiroli o‘zining vaqti tig‘iz bo‘lishiga qaramasdan Yulduz Usmonovaning Moskvadagi konsertiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘zining yubileyiga bag‘ishlangan ilk konsert dasturini Moskvadagi "Krokus Siti Xoll" majmuasida o‘tkazdi. Konsert boshlanishidan avval san’atkorni tabriklash uchun grimorkaga kutilmaganda uning qadrdon do‘sti, Rossiya xalq artisti Filipp Kirkorov kirib keldi. Uchrashuv juda iliq va samimiy kechdi. Ikki yulduz eski xotiralarni, jumladan, Kirkorovning musiqiy tanlovda saralash bosqichidan o‘ta olmagani, Yulduz Usmonova o‘z chiqishlari bilan barchani lol qoldirgani kabi yorqin voqealarni yodga oldilar.

"Men gastrolga uchib ketishim, aeroportga shoshilayotganimga qaramay, sening oldingga kelmasligim mumkin emasdi. Men seni ko‘rishim va bu voqea bilan tabriklashim lozim. Sen Sharqning eng lobar qo‘shiqchisisan",  - dedi Kirkorov va Usmonovaga atirgullardan yasalgan ajoyib guldastani hadya qildi.

Narodnaya artistka Uzbekistana Yulduz Usmanova - Sputnik O‘zbekiston
Yulduz Usmonova senzura, o‘zbek dvorniklari va olg‘ir rus estradasi haqida

Yulduz Usmonova ham o‘z o‘rnida qadrdon do‘stini maqtovlarga ko‘mib tashladi. Unga ko‘rsatilgan ehtirom va e’tibor uchun Kirkorovga minnatdorlik bildirdi va sirlarga limmo-lim bir gapni aytdi.

"Men esa senga o‘sha rejani nihoyat amalga oshirishingni tilayman. Sen xalqga o‘zingning haqiqiy qalbingni ko‘rsatishing kerak", - dedi Yulduz Usmonova. O‘zbek primadonnasining bu tilagi barcha to‘planganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

U Kirkorovga Toshkentda konsert berishni taklif etdi, Kirkorov bunga javoban O‘zbekistonda dekabr oyida konsert dasturi allaqachon rejalashtirilgani haqida aytdi.

Ikki mashhur yulduzning samimiy uchrashuvi qanday o‘tganini Sputnik O‘zbekiston lavhasida tomosha qiling.

Yulduz Usmonova Moskvadan so‘ng Qozog‘iston va AQShda ham konsert dasturlarini taqdim etishni rejalashtirgan. Bugun esa Sankt-Peterburgda navbatdagi konsert dasturi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0