23:29 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
© Ruptly .

Afgʻonistonda yaqinda koʻlga olingan 200dan ortiq jangarilarning aksariyati Pokiston fuqarolari boʻlib chiqdi.

Afgʻonistonning Nangarxar viloyatida 200dan ortiq jangarilar qurollarini topshirib hukumat kuchlariga taslim boʻlishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“ID*ning 225 nafar erkaklari, 190 nafar ayollari hamda 208 nafar bolalar hukumat kuchlariga taslim boʻlishdi”, - dedi Nangahar viloyati gubernatori Shamaxmod Miaxgil.

Gubernator aytishiga qaraganda, taslim boʻlganlarning aksariyati Pokiston fuqarolaridir. Ushbu hodisa hukumat kuchlari olib borgan samarali harbiy muvaffaqiyatli operatsiyadan keyin sodir boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, AQSH va NATO harbiy kuchlarining Afgʻonistonda boʻlgan vaqtida mamlakat hududining yarmidan koʻpi terrorchi jangarilar qoʻl ostiga oʻtib ketgan. Bu yerda deyali har kuni turli teraktlar va hujumlar oqibatida tinch aholi qurbon boʻlmoqda.

*ID - Rossiyada taʼqiqlangan "Islomiy davlat" terrorchilik tashkiloti.

Yana video

Asosiy mavzular