12:23 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Sputnik

Samarqand viloyati qalin qor bilan qoplandi. Havo harorati 0... -2 darajada, avtomobil yoʻllarida harkat toʻxtagani yoʻq.

TOSHKENT, 22 noya – Sputnik. Bugun tongda oppoq qor bilan qoplangan Samarqanda shahri yanada koʻrkam manzaraga ega boʻldi.

Samarqand viloyatida qalin qor yogʻdi, havo  harorati 0 ... -2 darjada sovuq boʻldi. Shahar atroflarida qor yanada qalinroq yoqqan edi. Havo harorati unchalik sovuq boʻlmagani sababli avtomobil yoʻllarda yoqqan qor darhol eriy boshladi.

Sputnik muxbiri xabariga koʻra, bugun Toshkentda ham qor yoqqan.

V Uzbekistane vыpal pervыy sneg
© Sputnik /
Toshkentda birinchi qor

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston gidrometerologiya markazi Respublikada 21 – 24 noyabr kunlari yomgʻir va qor yogʻishi ehtimoli borligi haqida ogohlantirgan edi.

Prognozga koʻra, Oʻzbekistonda 22 – 24 noyabr kunlari tunda havo harorati 0...-5 gradusgacha,  ayrim hududlarda -8 gradusgacha pasayishi mumkin. Kunduzi  havo  -2...+ 3 darajagacha boʻladi.

Respublika shimolida, Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatlarida tunda havo -10...-15 darajagacha kunduzi -2...-7 darajagacha sovushi mumkin.

 

Yana video

Asosiy mavzular