ODKB: olti davlat ittifoqining tarixi - video

Obuna bo‘lish
Bishkekda 28-noyabr kuni ODKB sammiti o‘tkaziladi. Unda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston prezidentlari va Armeniya bosh vaziri ishtirok etadilar.

Yig‘ilish kun tartibiga umumiy hisobga 21 ta masala qo‘yilgan.  

Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash masalalari, global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha BMT bilan o‘zaro hamkorlik va ODKBga a’zo davlatlarning tashqi siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qiladilar.

Bundan tashqari, tashkilotning harbiy salohiyatini rivojlantirish va tahdidlarga qarshi choralarni takomillashtirish, shu jumladan axborot xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqiladi. Yana bir muhim masala – Ulug‘ Vatan urushida g‘alabaning 75-yilligini nishonlash.

Eslatib o‘tamiz, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bundan 27-yil oldin, 1992-yil 15-mayda Toshkentda Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan imzolangan ODKB shartnomasidan boshlanadi.

Bir ozdan so‘ng Keyinchalik unga Ozarbayjon, Belarus va Gruziya qo‘shildi. Shartnoma 1994-yil 20-aprelda milliy ratifikatsiya protseduralari tugaganidan keyin kuchga kirdi.

Keyinchalik Ozarbayjon, Gruziya va O‘zbekiston tashkilotda a’zolikni to‘xtatishdi.

Yangiliklar lentasi
0