12:22 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Sputnik

YO betaraf bayroq ostida ishtirok etasan, yo umuman ishtirok etmaysan - WADA rossiyalik sportchilar oldida tanlov qoʻydi.

Xalqaro antidoping qoʻmitasi (WADA) rossiyalik sportchilarni 4 yilga xalqaro nufuzli musobaqalarda ishtirok etish huquqidan hamda Rossiyada ana shunday musobaqalar tashkil qilish huquqidan mahrum qildi. 

WADA aytishiga koʻra, faqat Rossiya antidoping qoʻmitasi faoliyatiga qaratilgan boʻlib, u hech qanda qoidabuzarlikka yoʻl qoʻymagan sportchilar uchun yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqini saqlab qolgan. Lekin sportchilar faqat neytral bayroq ostida musobaqalarda ishtirok etishlari mumkin. Rossiya bayrogʻidan foydalanish taʼqiqlanadi. 

WADA shuningdek rossiyalik sport amaldorlari va rasmiy shaxslarini ham musobaqalarda ishtirok etishini taʼqiqlagan. 

Eslatib oʻtamiz, Rossiyada doping mojarosi 2014 yilda Sochi Olimpiadasidan soʻng boshlangan edi. Oʻshanda xorijga qochib ketgan Moskva antidoping laboratoriyasi direktori Grigoriy Rodchenkov koʻrsatmalariga asosan, Rossiyani doping-sinovlari bilan bogʻliq firibgarlikda ayblashgandi. 

Moskva, oʻz navbatida ushbu ayblovlarni rad etib, ushbu ish siyosiylashtirilganini taʼkidlamoqda.  

Yana video

Asosiy mavzular