03:39 01 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Ruptly

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH vakillar palatasining razvedka qoʻmitasi rahbari Adam Shiffning bayonotiga javob qaytardi.

Amerikalik siyosatchi Rossiya tashqi siyosiy idorasi rahbarining AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvini “Rossiya targʻibotining” muvaffaqiyati deb hisoblash mumkinligi toʻgʻrisida fikr bildirgandi. Modomiki, u matbuot uchun yopiq tarzda oʻtkazilgan ekan.

“Men istisno qilmaymanki, tez orada sportchilar ortidan diplomatlarimizni doping isteʼmol qilishda ayblashadi. Bizlarni jinoiy javobgarlikka tortishni talab qilishadi”, - dedi Lavrov.

U bu pozitsiyaning bemaʼniligi har qanday sogʻlom fikr yurituvchi kishiga ayonligi taʼkidlagan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya TIV rahbari AQShga tashrif buyurdi. Qisqa fursatlarda hozirlik koʻrilgan tashrif ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning navbatdagi ziddiylashuv fonida hamda Trampga nisbatan eʼlon qilingan impichment boʻyicha eshituvlar qizgʻin tus olgan bir pallada kechdi.

Lavrov avvaliga AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo bilan suhbatlashdi, soʻngra uni Amerika yetakchisi qabul qildi.

Lavrovning soʻzlariga qaraganda, uchrashuv  oʻzaro tushunish muhitida oʻtgan va tomonlar qator dolzarb muammolarni muhokama qilganlar. Tramp, oʻz navbatida, Lavrov bilan uchrashuvni "juda yaxshi" deb baholagan.

Teglar:
Rossiya, sport, AQSH, Lavrov

Yana video

Asosiy mavzular