13:35 20 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Ruptly

UFC chempioni Habib Nurmagomedov amerikalik Toni Fergyuson bilan boʻlajak jangga qanday tayyorgarlik koʻrayotgani haqida soʻzlab berdi.

Nurmagomedov Fergyusonni “juda qattiq urish”ni moʻljallamoqda. Habib raqibining kuchli tomonlarni belgilab oldi va hozirgi vaqtda kuchli mashq qilmoqda.

“Raqib juda yaxshi, UFC  butun tarixi davomida ketma-ket 12 ta gʻalaba qozongan ikki jangchi uchrashmagan”, - dedi rossiyalik sportchi.

Eslatib oʻtamiz, Nurmagomedov va Fergyuson oʻrtasida jang Nyu-Yorkda 18 aprelda Barclays Center arenasida oʻtkaziladi.

Nurmagomedov sentyabrda Abu-Dabida amerikalik jangchi Dastin Puaryeni magʻlubiyatga uchratib, UFC chempionlik kamarini himoya qilgandi.

Fergyuson iyun oyida oʻtkazgan oxirgi jangida Serron ustidan gʻalaba qozongandi. Fergyuson professional karyerasida 25 ta jangda gʻalaba qozongan boʻlsa, 3 ta jangda  magʻlubiyat alamini tortgan.

Nurmagomedov 28 ta jang oʻtkazgan boʻlsa, barchasida gʻalaba qozongan.

Yana video

Asosiy mavzular