14:11 20 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

“Tashkent City” bogʻida pishloq va pitstsa festivali boʻlib oʻtdi. Oshpazlar uzunligi 36 metr boʻlgan pitstsa tayyorlashdi. Mehmonlarning deyarli barchasi ulkan oʻlchamdagi pitstsani tatib koʻrish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Ulkan pitstsani tayyorlashga 60 kilogramm xamir va pishloq kerak boʻldi. Shuningdek, 30 litr qayla sarflandi. Avvaliga 35 metrli pitstsa pishirish rejalashtirilgan edi, biroq natijada moʻljallangan oʻlchamdan koʻra uzunroq tayyorlashga erishildi.

V Tashkente prigotovili pitstsu dlinoy 36 metrov
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Toshkentda uzunligi 36 metr boʻlgan pitstsa tayyorlandi.

Qishning sovuq havosiga qaramasdan Oʻzbekiston poytaxtida minglab toshkentliklar toʻrt soat davomida pitstsani pishishini kutishdi. Ularning kutganlari zoye ketmadi. Qaynoqqina va mazali pitstsa barchaga ulashishdi. Birinchi navbatda bolajonlar tatib koʻrib, baho berishdi.

Sputnik Oʻzbekiston lavhasida yorqin bayramning tafsilotlarini tomosha qiling.

Yana video

Asosiy mavzular