Eronda general Sulaymoniy o‘limidan so‘ng minglab kishilar mitingga chiqdi - video

Obuna bo‘lish
Amerikaning Iroqdagi zarbasi oqibatida Eronning “Quds” maxsus bo‘linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy 2-yanvar kuni o‘ldirildi. Shu munosabat bilan Eronda uch kunlik motam kuni e’lon qilingan.

Minglab eronliklar juma namozidan so‘ng Tehron, Kerman va Tabriz ko‘chalarini to‘ldirib yuborishdi. Ko‘chalar ularning yig‘i-sig‘isi va fig‘oni bilan to‘lib toshgandi.

Eronning “Quds” maxsus bo‘linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy AQShning Bag‘dod xalqaro aeroporti hududidagi aviazarbasi oqibatida payshanbadan jumaga o‘tar kechasi o‘ldirildi. U bilan birga AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 31-dekabr kuni Bag‘doddagi Amerika elchixonasiga hujum qilishda ayblagan Iroqning “Al-Hashd ash-Sha’biy” shia guruhi rahbari o‘rinbosari Abu Mahdi al-Muhandis ham halok bo‘ldi.

Verxovniy rukovoditel Islamskoy Respubliki Iran Sayed Ali Xamenei - Sputnik O‘zbekiston
Eron oliy yetakchisi general Sulaymoniy o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da berdi

Sulaymoniyni o‘ldirish to‘g‘risidagi farmonni shaxsan AQSh prezidenti Donald Tramp bergan.
AQSh prezidenti maslahatchisi Roberta O'Brayenning so‘zlariga ko‘ra, generalning o‘ldirilishi “mudofaa harakati” bo‘lgan. U Amerika Eron muzokaralarning “to‘g‘ri yo‘lini” tanlashiga umid qilishini qo‘shimcha qilgan.

Tramp o‘z navbatida halok bo‘lgan generalni millionlab kishilarning, jumladan, Eronning o‘zida o‘limida aybladi. Amerika yetakchisi Sulaymoniy minglab amerikaliklarni o‘ldirgan yoki og‘ir yarador qilgan deb hisoblaydi.

Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy general Sulaymoniy o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da berdi. Eron TIV rahbari Muhammad Javad Zarif general o‘limini “xalqaro terrorchilik akti” deb atadi. Sulaymoniyning davom ettiruvchisi Ismoil Qa’aniy esa Yaqin Sharq hududida AQSh fuqarolarini o‘ldirishga va’da berdi.

Zdanie Gosudarstvennoy Dumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Davlat dumasida Sulaymoniy o‘ldirilishi yuzasidan munosabat bildirildi

“Bir oz sabr qiling, va siz Yaqin Sharq bo‘ylab amerikaliklar jasadlarini ko‘rasiz”, - degan u.

Eron generalining o‘ldirilishi dunyo siyosatchilari tomonidan ham keskin qoralandi.

Rossiya TIV Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoga Amerika o‘zining xatti-harakati bilan xalqaro huquqlarni buzganini ma’lum qildi. Rossiya va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin va Emmanuel Makron ushbu vaziyatdan tashvishda ekanliklarini ma’lum qilishdi va bu mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirishi mumkinligini ta’kidlashdi.

Yangiliklar lentasi
0