21:03 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62

Ukraina yoʻlovchi samolyoti Tehron aeroportidan uchib chiqqanidan bir necha daqiqa oʻtib qulab tushgan. 180ga yaqin kishi qurbon boʻlgan.  

Oʻtgan tunda Tehron osmonidan dahshatli fojea yuz berdi: Eron poytaxtidan soat 05:42da osmonga koʻtarilgan Ukrainaning yoʻlovchi samolyoti bir necha daqiqadan soʻng aloqaga chiqmay qolgan. Biroz oʻtib OAVlarda samolyot portlashi haqida xabarlar paydo boʻlgan.

Maʼlum boʻlishicha, samolyoti bortida boʻlgan 170ga nafar yoʻlovchilar va 9 nafar ekipaj aʼzolarining barchasi qurbon boʻlgan. Yoʻlovchilarning aksariyati Eron fuqarolari boʻlishgan – 140 kishi. Shuningdek, ular orasida Ukraina, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya hamda Afgʻoniston fuqarolari ham boʻlishgan.

Ayni damda samolyotning barcha “qora qutilari” topilgan. Dastlabki xabarlarga koʻra, Boeing 737 samolyoti dvigatelining yonib ketishi halokat sababi boʻlgan.

Ushbu vaziyat munosabati bilan Ummonda oilasi bilan dam olayotgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy darhol Ukrainaga qaytib kelgan.

Mavzu:
AQSH – Eron mojarosi (36)

Yana video

Asosiy mavzular