O‘zbekistonlik yosh xokkeychi Aleksandr Ovechkinni Yangi yil bilan tabrikladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik yosh xokeychi Aleksandr Ovechkinga Yangi yilga video tabrik yo‘llab, mashhur xokkeychidan javob oldi.

Ayni damda Rossiyada shug‘ullanayotgan o‘zbekistonlik yosh xokkeychi Salohiddin Azimov mashhur NHL yulduzi, Washington Capitals hujumchisi Aleksandr Ovechkinga yangi yil tabriga yo‘llab undan javob oldi.

“Mening ismim Salohiddin, qisqacha Salah, o‘zimning eng yaxshi ko‘rgan xokkeychim Aleksandr Ovechkinni Yangi yil bilan tabriklayman. Men 8 raqamni tanlashim sababi – sizga o‘xshagan xokkeychi bo‘lishni istayman. Men sizga va oilangizga yangi yilda baxt va omad tilayman. Yangi 2020-yilda sizning o‘ynayotgan Washington Capitals jamoasini ko‘rishni orzu qildim”, - degan o‘z tabrigida Salohiddin.

Rossiyalik mashhur xokkeychi, Stenli kubogi sohibi va bir necha bor jahon chempioni bo‘lgan Aleksandr Ovechkin yosh xokkeychiga javob yo‘lladi.

“Salom, Salah!, Men ham seni Yangi yil bilan tabriklayman. Senga sportda va hayotda omad tilayman!”, - dedi Ovechkin o‘z tabrigida.  

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik yosh xokkeychi Salohiddin Azimov ayni damda Rossiyaning “Avtomobilist” xokkey klubining “Spartakoves” nomli yunior jamoasida xokkey o‘ynaydi. U oldin Toshkentda “Binokor” xokkey jamoasida tayyorlangan.

Yangiliklar lentasi
0