19:59 28 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
UFA

Xitoy ustidan erishilgan gʻalaba tufayli Oʻzbekiston jamoasi guruhda ikkinchi oʻringa chiqib oldi va 4 ochko jamladi.

Kecha tailandda boʻlib oʻtgan "Oʻzbekiston - Xitoy" oʻyinida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoy ustidan 2:0 hisobida ishonchli gʻalaba qozongan edi. Ushbu oʻyinda birinchi gol muallifi Qobilov, ikkinchi gol muallifi esa - Toʻxtasinov boʻlgan edi, OʻFA xabariga asosan. 

Xitoy ustidan erishilgan gʻalaba tufayli Oʻzbekiston jamoasi guruhda ikkinchi oʻringa chiqib oldi va 4 ochko jamladi.

Ayni damda U-23 Osiyo chempionatida birinchi oʻrinda Janubiy Koreya 6 ochko bilan birinchi oʻrinda. Kecha koreyaliklar Eron ustidan 2:1 hisobida mashaqqatli gʻalabaga erishishdi.

Eslatib oʻtamiz, guruh bosqichining eng soʻnggi oʻyinida Lyubinko Drulovich boshchiligidagi Oʻzbekiston jamoasi Janubiy Koreya bilan uchrashadi.

 

Yana video

Asosiy mavzular