Xotin-qizlar Vatan himoyachilarini tabriklashdi - video

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xotin-qizlari 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan barcha askaru zobitlarni tabriklashdi.

Sputnik muxbiri 11-yanvar kuni Toshkentdagi Xalqlar Do‘stligi maydonida bo‘lib o‘tgan harbiy texnika ko‘rgazmasida bo‘lib, u yerda ayollarning vatan himoyachilariga aytgan bayram tabriklarini yozib oldi. E’tiboringizga ushbu videolavhalardan ayrimlarini taqdim etamiz. 

Ma’lumot uchun 14-yanvar – O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni bayrami hisoblanadi. Ushbu bayram 1994-yildan buyon nishonlanib kelmoqda. O‘zbekiston qurolli kuchlari 1993-yilning 29-dekabrida tashkil etilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Qurolli kuchlari o‘z harbiy quvvati bo‘yicha Markaziy Osiyo hududida yetakchi o‘ringa chiqib olgan. Globalfirepower reytingida O‘zbekiston dunyo mamlakatlari orasida bir necha yildan buyon 48 o‘rinni egallab kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0