Tomskdagi mudhish yong‘in – voqea joyidan lavha

Obuna bo‘lish
Tomsk viloyati Asinov tumanida "Grinvud" kompaniyasi ishchilari yashayotgan yog‘och uy yonib ketishi oqibatida 11 kishi qurbon bo‘ldi.

Yog‘och uy ichida bo‘lgan 2 nafar ishchi yong‘indan qutilib qolishga muvaffaq bo‘lishgan. Ayni damda ular tuman shifoxonasida davolanmoqda.

Yong‘in umumiy maydoni 208 kvadrat metrni tashkil qilgan. Uni o‘chirishda 19 kishi va 6ta texnika ishtirok etgan. Tomsk FVV xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, kuyib ketgan bino yotoqxona bo‘lgan, unda tayyorlov kompaniyasining 12 xodimi yashagan.

FVV dastlabki xabarlarga ko‘ra, qurbon bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin.
Tomsk viloyati gubernatori Sergey Jvachkin ushbu favqulodda holat yuzasidan tashkil qilingan tezkor shtabga shaxsan boshchilik qilmoqda.

So‘nggi damda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi FVV, TIV, IIV hamda hududiy konsullik xizmatlari bilan hamkorlikda halok bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularni vataniga olib kelish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0