21:12 25 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
© Sputnik / Igor Zarembo

Ijtimoiy tarmoqda Qozogʻiston Qutqaruv xizmati tarqatgan video keng tarqalmoqda. Unda qor ostida bir kun qolib ketgan yigit oʻzi bilan birga mushukchani ham qutqarib qolgani aks etgan.

Ushbu voqea 23 yanvar kuni Qozogʻistonning Kostanay viloyatidagi Aksay posyolkasi yaqinida sodir boʻlgan. Dalaga ishlash uchun borgan ikki nafar ishchilar kuchli boʻronda qolib ketishadi. Yigitlar qordan “koreyaliklar yertoʻlasida” yashirinib olishadi. 

Qutqaruvchilar ularni topguniga qadar ular qor ostida bir sutka qolib ketishadi. Ularni birma bir qor ostidan chiqarib olganda yigitlardan biri oʻzi bilan kichik mushukchani ham olib chiqadi. U mushukchani gʻamxoʻrlik bilan koʻksiga bosib turishi qutqaruvchilarning videosiga tushib qoladi.

Ushbu operatsiyasi haqidagi videolavha ijtimoiy tarmoqlarda bir zumda ommaviylashib ketadi. Video ostida qoldirilgan izohlar aksariyat qizlarga tegishi boʻlib, ular shunday yigitga hatto turmushga chiqishga rozi ekanliklarini aytishgan.

Maʼlumki, bu yil Qozogʻistondan gʻayritabiy ravishda koʻp qor yogʻmoqda. Poytaxt Nur-Sultonda shu kunlarda qor qalinligi 50 santimetrdan  oshib 64 yillik rekord oʻrnatgan. Avtomobil yoʻllarida harakat toʻxtagan. Mashinalar FVV maxsus texnikasi yordamida sutkasiga bir necha marotaba karvon boʻlib harakatlanmoqda.

Yana video

Asosiy mavzular