Jinoyatga qarshi kurashuvchi "to‘rtoyoqli politsiyachilar" - video

Obuna bo‘lish
Joriy yil 6-fevral kuni Sputnik muxbiri Toshkent viloyatida joylashgan IIB PPS va JTSB kinologiya xizmati xizmat itlari pitomnigida bo‘ldi.

Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xuzuridagi Kinologiya xizmati xizmat itlar pitomnigi 2001-yil aprel oyida tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda viloyat IIBB Kinologiya xizmati obyekti hisoblanadi. 

Unda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarining aytishicha, bugungi kunda bu yerda 63 ta xizmat itlari tarbiyalanmoqda.

Mazkur xizmatchi itlar yordamida 2019-yil davomida 299 ta turli xil jinoyatlar fosh etilgan. Shundan giyohvand moddalarini izlovchi itlar 20 ta jinoyatlar ochilishiga xizmat qilgan.

Shuningdek, kinologlar soni 10 ta bo‘lib, viloyat bo‘yicha ular soni 30 nafarni tashkil etadi.

Kinologlar kun davomida itlar bilan ertalabdan tushlik vaqtigacha 1,5 soat, tushdan kechgacha 1,5-2 soat davomida mashg‘ulotlar olib borishadi.

Xizmat itlari Italiyadan keltiriladigan maxsus ovqatlar, go‘sht hamda sosiska bilan oziqlantiriladi. Vazni katta bo‘lgan itlarga 500 grammgacha ovqat beriladi.

Yangiliklar lentasi
0