10:11 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28

Shanbaga oʻtar kechasi Jambil viloyatining Korday tumanida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Maishiy mojara bir necha aholi punktini qamrab oldi. Prezidentning aralashishiga toʻgʻri keldi.

Masanchi qishlogʻi Qirgʻiziston bilan chegaradan uzoq boʻlmagan joyda joylashgan. Bu yerda 13 ming kishi istiqomat qiladi, aholining 90 foizini dunganlar, 5 foizini qozoqlar, yana 5 foizini esa ruslar tashkil etadi.

Sputnik Qozogʻiston nashri xabariga koʻra, ommaviy tartibsizliklarga “maishiy mojaro” sabab boʻlgan. Unda 80 yoshli erkak jabrlangan, goʻyoki uning sonini sindirishgan. Mojaroning barcha ishtirokchilari Qozogʻiston fuqarolaridir.

Mojaro 7 fevral kuni kechqurun roʻy bergan. Korday tumanining Masanchi qishlogʻining chekkasiga 70 ga yaqin tajovuzkorona kayfiyatda boʻlgan aholi ommaviy mushtlashuvni keltirib chiqargan.

Hodisa joyiga politsiya xodimlari yetib kelishgan. Mojaro videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborilgan.

Natijada qoʻshni aholi punktlaridan yana 300 ga yaqin kishi kelib qoʻshilgan. Masanchi qishlogʻiga qoʻshimcha politsiya kuchlari joʻnatilgan. Mushtlashuv ishtirokchilari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga faol qarshilik koʻrsatishgan. Mushtlashuvda metall buyumlar, tosh va quroldan foydalanishgan. Keyinchalik mojaro yana ikkita qishloqni qamrab olgan.

Mamlakat IIV maʼlumotlariga koʻra, 8 kishi halok boʻlgan, 40 kishi jarohatlangan. Jarohatlarganlar kasalxonaga murojaat etishda davom etmoqda. Voqea oqibatida 30 dan koʻproq uy, 15 ta savdo obʼyekti hamda 23 ta avtomashinaga zarar yetkazilgan.

Hozirda mojaroga barham berilgan, 47 kishi qoʻlga olingan. Ulardan ikki dona ov quroli musodara qilingan.

Qozogʻiston JKning “Ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish va ishtirok etish” va “Odam oʻldirish” moddalari bilan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Vaziyat davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayevning toʻgʻridan-toʻgʻri nazorati ostida.

Yana video

Asosiy mavzular