11:07 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28

Qozogʻiston hukumati vayron boʻlgan uylarni taʼmirlash, yetkazilgan ziyonni qoplash va hujjatlarni tiklashga yordam berishga vaʼda berdi.

Ommaviy tartibsizliklar boʻlgan Masanchi qishlogʻi hayotga qaytmoqda. Qozogʻistonliklar vatanlarida achinarli ahvolni koʻrishdi: vayron va kul boʻlgan uy va avtomashinalar, huvillab qolgan koʻchalar.

Qaytgan aholi bogʻcha va masjid binolariga vaqtincha joylashtirildi.

Bir necha shaharlarda gumanitar yordam toʻplash ishlari boshlangan. Befarq boʻlmagan fuqarolar issiq kiyim, koʻrpa-toʻshak yigʻishmoqda.

Qishloqda vaziyat barqarorlashgan, biroq Masanchi qishlogʻi koʻchalarida politsiya, harbiylar va kuchishlatar boʻlinma xodimlari patrullik qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 7 fevral kuni Jambil viloyati Korday tumani Masancha qishlogʻida ommaviy mushtlashuv yuz bergan. Tartibsizlikda qariyib 400 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Tartibsizliklar oqibatida 10 kishi halok boʻldi, 40 kishi jarohat oldi. Politsiya 50 kishini qoʻlga oldi. Oʻt qoʻyish oqibatida 30 ta uy, 15 ta doʻkon va 23 dona avtomashiga zarar yetkazildi. 

Yana video

Asosiy mavzular