Koronavirusga urush: O‘zbekiston Pekinga insonparvarlik yordamini yubordi

Obuna bo‘lish
Bugun Toshkent aeroportidan Pekinga harbiy-transport samolyoti jo‘nab ketdi. Samolyot Kunchiqar mamlakatga insonparvarlik yordamini yetkazib beradi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordamini jo‘natish to‘g‘risida farmonni imzoladi.

Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Xitoy tomonining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida XXRga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuboriladi: bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar; himoya qiluvchi kombinezon; yuz uchun filtrlovchi niqob; maxsus tibbiy forma; tibbiy niqoblar; tibbiy doka.

Yangiliklar lentasi
0