10:31 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
© Sputnik .

Moskvadagi “Tyubeteyka” xalqaro madaniyat festivalida oʻzbekistonlik oshpazlar dunyodagi eng katta lagʻmon tayyorlash boʻyicha rekord oʻrnatishdi. Ular tayyorlagan lagʻmonning ogʻirligi qariyb 798 kilogrammni tashkil etdi.

Moskvadagi “Tyubeteyka”  xalqaro madaniyat festivalida taniqli oʻzbekistonlik oshpaz   Hakim Gʻaniyev boshchiligida oshpazlar eng katta lagʻmon tayyorlash boʻyicha rekord oʻrnatishdi.

“Tyubeteyka” xalq amaliy sanati festivali boʻlib, unda turli xalqlarning madaniy merosiga bagʻishlangan loyiha hisoblanadi. Bu loyiha oʻz mahoratini namoyish etishga, mehmonlarga oʻz xalqlarining madaniyati va tarixini koʻrsatishga tayyor boʻlgan mamlakatlarning hunarmandlarini bir joyga jamlashga imkon beradi.

“Interrekord” rekordlarni qayd etish agentligi tayyorlangan ogʻirligi 797 kilogrammu 750 gramm boʻlgan oʻzbek lagʻmonin rasman qayd etdi. Bu besh yil oldin Qozogʻiston oʻrnatgan rekordni yangilandi. Oʻshanda Olmaotada tayyorlangan lagʻmonning ogʻirligi 687 kilogrammni tashkil etgan edi.

Festival tashkilotchisi Fotima Orifjonovaning soʻzlariga koʻra, ushbu lagʻmon kamida ming kishiga yetadi. Aytgancha, lagʻmonning bir qismi Toshkentga olib borilib, mehribonlik uylariga tarqatiladi.

Batafsil Sputnik videolavhasida.

Yana video

  • Rossiya AQShga insonparvalik yordami ortilgan samolyot yubordi
    Oxirgi yangilanish: 18:41 02.04.2020
    18:41 02.04.2020

    Rossiya AQShga insonparvarlik yordami ortilgan samolyotni joʻnatdi

    Rossiya AQShga koronavirusga qarshi kurash maqsadida insonparvarlik yordami ortilgan samolyot joʻnatdi. Chkalov aerodromdan uchib chiqqan samolyotda zarur tibbiy asbob-uskunalar va niqoblar ortilgan.

    380
  • Qoʻrinmas-qotil bilan kurash: Toshkent patrul xizmati COVID-19ga qarshi
    Oxirgi yangilanish: 20:36 31.03.2020
    20:36 31.03.2020

    Koʻrinmas-qotil bilan kurash: Toshkent patrul xizmati COVID-19ga qarshi

    Toshkentda shaxsiy avtomashinalarni haydash taqiqlandi. Aholi oʻzini uylarda izolyatsiya qilgan, koʻchalarda huquq tartibot organ xodimlari navbatchilik qilmoqda.

    830
  • Sportsmenы treniruyutsya v usloviyax domashnego karantina
    Oxirgi yangilanish: 10:07 31.03.2020
    10:07 31.03.2020

    Sportchilar karantinni qanday oʻtkazmoqda - video

    Oʻzbekistonlik spotchilar karantida ham jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishdan toʻxtamayapti - kimdir shtanga oʻrnida yaqin kishisidan foydalanmoqda, kimdir rezina arqonni ustun atrofidan aylantirib shugʻullanmoqda, yana birov turli buyumlardan gantel oʻrnida foydalanmoqda. 

    553
  • Oxirgi yangilanish: 17:11 30.03.2020
    17:11 30.03.2020

    Qirgʻizistonda ham yoshlar toʻyni onlayn oʻtkazdi – video

    Soʻnggi paytlarda koronavirus tufayli toʻyni onlayn oʻtkazish urfga kirmoqda. Avvaliga bunday toʻy Qozogʻistonda kuzatilgan edi, endi navbat Qirgʻizistonga yetdi.

    504

Asosiy mavzular