Xokkey afsonalariga ularning Toshkentdagi yangi xonadonlarini ko‘rsatishdi – video

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston poytaxtida xokkey afsonalari ishtirokida o‘yin o‘tkazildi. Bundan tashqari, taniqli sportchilarga Tashkent City᾽dagi yangi xonadonlar kaliti taqdim etildi.

O‘zbekistonga yana ko‘p karra jahon va Olimpiya o‘yinlari chempionlari afsonaviy xokkeychilar tashrif buyurishdi. Ular o‘tgan yili Toshkentdagi “Humo Arena” muz saroyini tantanali ochilish marosimida ishtirok etishgan edi. O‘shanda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurgan rossiyalik xokkey yulduzlariga poytaxtdan uy-joy berishni, toki “ular Toshkentga mehmon bo‘lib emas, balki o‘z uyiga kelgandek bo‘lishsin”, degan taklifni bergandi.

“To‘g‘risini aytsam, o‘tgan yilning martida muhtaram prezidentdan ushbu taklifni eshitganimda, o‘ylagan edim: yaxshi hazil. Endi esa bu ayni haqiqat ekanini ko‘rib turibman.  Biz ushbu sovg‘adan g‘oyat ta’sirlandik – bunaqasi hayotda bir marta bo‘ladi”, - dedi hayajondan titragan ovoz bilan Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy, ko‘p karra jahon chempioni Aleksandr Yakushev.

Mehmonlarga shu yerning o‘zida ularning bo‘lajak xonadonlarini ko‘rsatishdi. Ushbu xonadonlarni 2020-yilning mayida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Sportchilar xonalarni tomosha qilib, unga baho berishdi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVruchenie klyuchey ot kvartir v Tashkente i sertifikatov zvezdam sovetskogo xokkeya
Xokkey afsonalariga ularning Toshkentdagi yangi xonadonlarini ko‘rsatishdi – video - Sputnik O‘zbekiston
Vruchenie klyuchey ot kvartir v Tashkente i sertifikatov zvezdam sovetskogo xokkeya

“Ushbu sharaf uchun O‘zbekiston prezidenti va shahar hukumatidan g‘oyat minnatdormiz. Endi Toshkentga tez-tez kelib turamiz, xokkey, o‘smirlar sportini rivojlantirishga yordam beramiz”, - dedi jilmayib afsonaviy xokkeychi, Stenli kubogi sohibi Valeriy Kamenskiy.

Kamenskiy yangi uyiga oilasini albatta olib kelishini qo‘shimcha qildi. Qolaversa, uning turmush o‘rtog‘i farg‘onalik.

Afsonaviy sportchilarga sertifikat va xonadonlar kaliti qanday taqdim etilgani Sputnik videolavhasida.

Yangiliklar lentasi
0