20:22 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22

Xokkey matchlariga endigina koʻnikib borayotgan toshkentlik tomoshabinlar uchun bu birinchi xokkey mushlashuvi boʻldi. Xokkeychilardan birining yuzidan qon chiqdi. 

Toshkentdagi “Xumo” muz saroyida Oʻzbekistoning “Xumo” va Rossiyaning “Tores” jamoalari oʻyinida Oʻzbekiston jamoasi oʻzining birinchi yirik gʻalabasiga erishdi. Yevgeniy Popixin jamoasi 4:1 hisobda gʻalabaga erishdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

Lekin oʻyinning eng qiziq joyi, bu “Xumo”ning ukrainalik legioneri Igor Merejko va "Toros" himoyachisi Andrey Bannikov mushlashuvi boʻldi desak xato boʻlmaydi. Xokkeychilar bir necha daqiqa davomida yaxshigina “boks” namoyish qilishdi.

Zaщitnik XK Toros Andrey Bannikov posle draki s igrokom Xumo Igorem Merejko v matche VXL
Press-slujba XK "Xumo"
Zaщitnik XK "Toros" Andrey Bannikov posle draki s igrokom "Xumo" Igorem Merejko v matche VXL

Ushbu kutilmagan tomosha tribunadagilarga ham maʼqul keldi desak adashmaymiz. Xokkey matchlariga endigina koʻnikib borayotgan toshkentlik tomoshabinlar uchun bu birinchi xokkey mushlashuvi boʻldi. Andrey Bannikovning yuzidan qon ham chiqdi. 

Kutilganidek hakam ikkala xokkeychini ham 5 daqiqaga oʻyindan chetlatdi.

Eslatib oʻtamiz, Xumo jamoasi pley-off seriyasida boʻlib oʻtgan 2ta dastlabki oʻyinlarni boy bergan edi. Navbatdagi oʻyin 27 fevral kuni  boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Yana video

Asosiy mavzular