Bilimlar saroyi: Sergeli tumanida yangi ikkita maktab ochildi - video

Obuna bo‘lish
2 mart kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida 2 ta yangi umumta’lim maktablarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sputnik muxbiri xabar qilishicha, marosimda Toshkent shahar hokimi J. Artikxodjayev, Toshkent shahar XTBB boshlig‘i A.Mamadjonov, Sergeli tumani hokimi B.Shamuratov hamda boshqa davlat va jamoat arboblari qatnashdi.

Yangi maktablarning har biri 4 qavatli bo‘lib, 48 ta sinf xonasiga ega, quvvati 1680 o‘rinli. Alohida sport zal, faollar zali, oshxonaga, shuningdek, futbol maydoniga ega.

Yangi maktablar ochilishi marosimi qanday o‘tgani haqida Sputnik lavhasida tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0