14:26 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22

AQSH Demokratik partiyasidan prezidentlikka ehtimoliy nomzod Jo Bayden juda noqulay vaziyatga tushib qoldi.

Nomzod Jo Bayden saylovchilar oldida chiqish qila turib, singlisini rafiqasi sifatida tanishtirib yubordi.

Sobiq AQSH vitse-prezidenti oʻzini yoʻqotib qoʻymadi. Ayollarni oʻz joylarini almashtirib, uni chalgʻitishganini aytib hazil qildi.

Noqulay vaziyat muhrlangan kadrlar video internet olami boʻylab tarqalib ketdi.

Foydalanuvchilar turlicha munosabat bildirishdi: kimdir Baydenning xotiniga erini qoʻllab-quvvatlayotgani uchun tahsin oʻqidi, yana kimdir nomzod 77 yoshdaligini eslatib, buni keksalikka yoʻygan.

Siyosatchi noqulay vaziyatni bartaraf etishga urgurmayoq, yana bir koʻngilsiz holat roʻy berdi. Sahnaga Baydenga qarshi boʻlgan ayol, plakat koʻtarib chiqdi.

Yana video

Asosiy mavzular