14:47 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan mashhur sportchilar va faollar latofatli, nazokatli, mehribon ayollarni bayram bilan tabriklashdi.

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati Sputnik chempionlar bilan birgalikda betakror ayollar uchun kichik bir hadya tayyorladi.

Dzyudo boʻyicha ikki karra jahon chempioni Rishod Sobirov, boksning ikki toifasi boʻyicha amaldagi jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev,  futbol boʻyicha 11 karra mamlakat chempioni va milliy yosh terma jamoa murabbiyi Timur Kapadze hamda respublikada yugurish harakati asoschisi Andrey Kulikov, “Binokor” xokkey klubi direktori Abdumadjid Nasirov va “Stalnыe skorpionы” motoklubi rahbari Mr.Mishel barcha aziz ayollar, moʻʼtabar onajonlar, muhtarama opa-singillarni chin qalbdan muborakbod etishdi.

Ularga goʻzal chehralaridan tabassum arimasligi, xonadonlarida hamisha tinchlik va baxtiyorlik hukm surishi, doimo sogʻ-salomat boʻlishlarini tilab, ezgu niyatlarini bildirishdi.

Biz ham, oʻz navbatida, munis ayollarimizga "Hamisha baxtimizga sogʻ-omon boʻling. Hech qachon chehrangizdan tabassum arimasin. Yurt tinchligi va ravanqi, oila farovonligi yoʻlida koʻrsatayotgan jasoratingiz soʻnmasin! Bayram muborak boʻlsin, mehribon ayollar!" deya tilak bildiramiz.

Bayram tabrigi Sputnik lavhasida.

Yana video

Asosiy mavzular