10:38 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Toshkentda yaqinda Oʻzbekistonda birinchi uch qavatli koʻprik ochiladi. Bu Oʻzbekiston poytaxti yoʻl tarmogʻining eng murakkab qismida tirbandlik muammosini hal etishga imkon beradi.

Qurilish vaqtida Ohangaron yoʻliga olib boruvchi Maxtumquli koʻchasi toʻsib qoʻyilgan, biroq haydovchilar iltimosiga koʻra yana harakatlanish uchun ochildi.

Koʻprik qoʻrilishida boshqa ishlar yakunlanmoqda. Obʼyekt respublikada yagona hisoblanadi.

Birinchi qavat – bu Parkent va Ohangaron yoʻllarini bogʻlaydigan uzunligi 500 metr boʻlgan oltita qatorli tunnel;

Ikkinchi qavat - diametri 329,2 metr boʻlgan aylanma yoʻl oʻtkazgich;

Uchinchi - Maxtumquli koʻchasini “Sharqiy” aeroporti bilan bogʻlaydigan oltita qatorli estakada.

Koʻprikda harakatlanish svetoforsiz boʻladi.

Yangi obʼyekt haqida Sputnik Oʻzbekiston video lavhasida tomosha qilishingiz mumkin.

 

Yana video

Asosiy mavzular