06:09 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
© Ruptly .

Koronavirus dunyoga oʻz shartlarini qoʻymoqda. U tufayli koʻplab mamlakatlarda odatiy turmush tarzi keskin oʻzgarib ketdi. 

Virusdan qutilish maqsadida ayrim kasb egalari turli yangiliklar ixtiro qilishmoqda. Masalan xitoylik parikmaxerlar oʻz mijozlarini masofadan turib sochlarini olish va boshini yuvishni oʻrganib olishdi. Britaniyada esa attraktsionlarda oʻyinchoq oʻrniga tualet qogʻozi sotilmoqda. 

Karantirn tufayli uyida oʻtirishga majbur boʻlayotgan Ispaniya va Italiya fuqarolari esa zerikib qolmaslik uchun oʻz balkonlarida turli tomoshalar uyushtirishmoqda. 

Xullas, virusning taʼsiri hamma sohada sezilmoqda. Ayrim joylarda supermarket polkalari boʻshib qolgan. Oldin turistlar liq toʻla boʻlgan Yevropaning Madrid, Barselona va Rim shaharlari koʻchalari bugun - boʻm boʻsh. Yuzlab mamlakatlar oʻz chegaralarini yopib olishgan. 

Maʼlumot uchun, bugun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 140 mamlakatda 182 ming kishini tashkil qilmoqda.Vafot etganlar soni 6 ming kishini tashkil qildi.

Yana video

Asosiy mavzular