08:08 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22

Oʻzbekistonda 27 mart kuni kunni kun, tunni tun demay, hatto ovqatlanishni ham unutib, koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashayotganlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga minnatdorlik ramzi sifatida ommaviy fleshmob oʻtkazildi.

Oʻzbekistonliklar 22.00da oʻz balkonlariga chiqib, baʼzilari derazalarini ochgan holda chapak chalgancha - shifokorlar, IIV xodimlari va harbiylarga - yaʼni koronavirusga qarshi kurashda qahramonlik koʻrsatayotgan insonlarni olqishladilar.

Mamlakatda hozirda karantin tartibi joriy etilgan. Fuqarolar faqat oziq-ovqat yoki dori vositalarini xarid qilish uchungina uyni tark eta oladi. Koʻchaga faqat himoya niqoblarida chiqish mumkin.

28 mart kuni ertalab mamlakatda koronavirusga chalinish boʻyicha 104ta holat qayd etilgan, ikki bemor vafot etgan.

Dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 509 mingdan oshib ketdi, 23 mingdan ziyod bemorlar vafot etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (886)

Yana video

Asosiy mavzular