08:10 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86

Soʻnggi paytlarda koronavirus tufayli toʻyni onlayn oʻtkazish urfga kirmoqda. Avvaliga bunday toʻy Qozogʻistonda kuzatilgan edi, endi navbat Qirgʻizistonga yetdi.

Qirgʻizistonlik yoshlar koronavirus belgilangan toʻyni bekor qilishga bahona emas deb oʻylashdi. Yuliya va Iskandar yaqinlari va doʻstlarining hayotini xavf ostiga qoʻymaslik uchun Skype orqali oʻz toʻylarini oʻtkazishdi va toʻyga 35 kishini taklif qilishga qaror qilishdi.

Yosh kelin-kuyovlarning aytishicha, ular nikohdan oʻtish arizasini qish oyida topshirishgan va toʻyni mart oyining oxiriga belgilashgan.

Dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi xavfi tufayli ular hayotlarining unutilmas onlarini yaqin qarindoshlari va doʻstlarini Skype ijtimoiy tarmogʻida toʻplab nishonlashdi.

“Rejaga binoan bularning barchasi bir soat ichida tugashi kerak edi, lekin “bazm” choʻzilib ketdi. Tostlar biz moʻljallagandan ham uzunroq va samimiy boʻldi. Shu bois oqshom biroz choʻzildi. Turmush oʻrtogʻim bilan hatto ilk raqsimizni ijro etishga muvaffaq boʻldik. Bu tostlar, tabriklar va mehribon yaqinlar davrasidagi odatdagi toʻy boʻldi”, - deya Sputnik Qirgʻiziston nashriga yoshlar oʻz toʻylari haqida soʻzlab berishdi.

Ularning soʻzlariga koʻra, toʻy nafaqat qiziqarli, balki kamxarj boʻlib oʻtgan.

Oʻzbekistonda toʻylar masalasi qanday?

Kecha AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirining matbuot kotibi Sevara Oʻrinboyeva koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilishi munosabati bilan 2020 yilning 25 martidan boshlab Adliya vazirligi tizimidagi FHDYO boʻlimlarida fuqarolarni qabul qilish xodimlarning navbatchiligi asosida kechiktirib boʻlmaydigan holatlardagina (tugʻilish va oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish) tashkil qilingan darcha orqali amalga oshirilishini maʼlum qilgan edi.

Avvalroq Toshkentda belgilangan qatʼiy karantin choralarini buzib toʻy marosimini boshlagan fuqarolar ustidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani xabar qilingan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)

Yana video

Asosiy mavzular