13:17 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Ruptly / NASA / RIA NOVOSTI / Ivan Timoshenko / Pavel Shvets / KTS "Yujnыy" / whitehouse.gov

AQSH prezidenti Donald Tramp AQShga Oydagi zaxiralarni qazib olish huquqini beruvchi farmonni imzoladi.

Roskosmos Trampning ushbu farmonini boshqa planetalarni egallab olish deb atadi.

“Kosmosni ekpropriatsiya qilish va boshqa sayyoralarning hududlarini egallab olish uchun tajovuzkor rejalarni amalga oshirishga urinishlar mamlakatlarni samarali hamkorlikka chorlashi dargumon. Tarixda oʻz manfaatlarini koʻzlab hududlarni egallashni boshlashga qaror qilgan mamlakatlar va ular buning oqibatida nimaga duch kelgani haqida koʻp misollar bor”, - dedi Roskosmos bosh direktorining xalqaro hamkorlik boʻyicha oʻrinbosari Sergey Savelyev.

Shunga oʻxshash fikrni Rossiya Federatsiya kengashi bildirdi.

“Yerda butun dunyo koronavirus bilan kurashayotgan vaqtda Tramp oʻzining farmoni bilan fazoni egallab olishga urinmoqda. Bu hazil emas”, - dedi Rossiya Federatsiya kengashining halqaro qoʻmita rahbari Konstantin Kosachev.

Ekspertlar Trampning soʻnggi farmonini ichki isteʼmolga qaratilgan propaganda qadami deb hisoblaydi. Bu yil AQShda prezident saylovlari boʻlib oʻtadi, unda Tramp gʻolib boʻlmoqchi. Bunga koronavirus pandemiyasi va iqtisod inqirozi fonida erishish qiyin boʻladi.

AQShning fazodagi bosqinchilik rejalariga nazar-pisand qilmaslik yaramaydi.

Yana video

Asosiy mavzular