08:02 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sputnik

8 aprel kechqurun Moskvada “Tretiy vozrast” qariyalar pansionatida yongʻin yuz berdi, binoda 48 qariya va 5 xodim boʻlgan. Otaxon va onaxonlarning aksariyati oʻzi mustaqil harakatlana olmagan, migrantlar ularni arqon va narvon yordamida koʻchaga olib chiqishdi.

Bino oldidagi yotoqxonada istiqomat qilgan migrantlar birinchilardan boʻlib yordamga keldilar.

Oʻt oʻchiruvchilar kelishiga qadar Oʻzbekiston va Tojikistondan kelgan migrantlar qariyatlarni koʻtarib koʻchaga olib chiqishdi. Pensionerlar arqon va narvon yordamida koʻchaga olib chiqildi.

Yongʻin oqibatida 16 kishi jarohatlandi, 4 kishi halok boʻldi. Hozir tergovchilar yongʻin sabablarini aniqlamoqda. Asosiy versiya – elektr sim oʻtkazgich va isitish qozoni nosozligi.

Yana video

Asosiy mavzular